Po‘lat Saidqosimov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.
Qayd etilishicha, Po‘lat Saidqosimov og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Qator ma'lumotlarga ko‘ra, taniqli aktyorning Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan suratga olish ishlari vaqtida tobi qochgan. Shundan so‘ng, u Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib kelingan. Bu yerda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan, jarayon olti soat davom etgan.
Po‘lat Saidqosimov 1931 yil 8 oktabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1954). 1954— 57 yillar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957 yildan Hamza (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama) teatrida aktyor bo‘lib ishlagan.
Po‘lat Saidqosimov teatr sahnasida Po‘lat (O.Yoqubov, “Yurak yonmog‘i kerak”), Abdullatif (“Mirzo Ulug‘bek”), Ilyos (Ch.Aytmatov, “Sarvqomat dilbarim”), Edgar (U.Shekspir,”Qirol Lir”), Karimjon (A.Qahhor, ”Ayajonlarim”), Salimboyvachcha (Oybek, ”Qutlug‘ qon”), Avrangzeb ( Uyg‘un, “Zebuniso”) kabi rollarni yaratgan. Kinoda Mahkam (“Muhabbat mojarosi”), Beruniy (“Abu Rayhon Beruniy”), Zavqiy (“Olovli yo‘llar”), G‘afurov (“Ilondan saqlan”), Ilyos ota (“Tong otguncha”) va boshqalar; telefilmda Otaqo‘zi (“Diyonat”), Mirzakarimboy (“Qutlug‘ qon”), Muhammad chatoq (“Girdob”), Cherkashin (“Ichkuyov”), To‘g‘onbek (“Alisher Navoiy”) , Abdullatif (“Ulug‘bek xazinasi ) kabi bir qancha rollarni ijro etgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti unvoni, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari, yaqinlari va shogirdlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi
Jahon | 13:06
-
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Jahon | 13:03
-
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi
Jahon | 13:03
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
Mavzuga oid

21:33 / 15.02.2025
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi

20:30 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

17:09 / 03.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

18:40 / 21.12.2024