Poytaxtda 2 aprel, yakşanba kuni kuçli momaqaldiroqlar kuzatilib, kuçli yomğir yoğdi. Buning oqibatida köçalarni suv bosdi, tunnellar va metro bekatlariga suv kirib ketdi. Toşkent şahar hokimiyati suv toşişi sabablarini izohladi.

Qayd etilişiça, poytaxtda yotqizilgan lotoklar katta oqimni qabul qilişga möljallanmaganligi bois şunday holat yuzaga kelgan.

«2 aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuçli yoğingarçilik natijasida 20 mm yomğir yoğdi va bu aprel oyi uçun belgilangan umumiy me’yorning, ya’ni 60 mmning uçdan bir qismiga teng. Lotoklar bir paytning özida bunday katta oqimni qabul qilişga möljallanmagani bois, şahrimizdagi bir neça manzilgohlarda suv töplanişi kuzatildi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Hokimlik holatni bartaraf etiş uçun Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi va uning tuman boşqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Içki işlar boş boşqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilgani va 2 aprel 23:00 gaça suv toşgan manzillardagi holatlarga barham berilganini qayd etgan.

Ta’kidlaş joiz, «Toşkent metropoliteni» suv ketiş yöllari (ariqlar)ning tölib qolgani uçun metro bekatlari suvga tölganini ma’lum qilgandi.