Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.
«Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» mavzusidagi tadbirda sohadagi asosiy özgarişlar, saylovoldi taşviqotini yakunlaş, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantiriş istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev tadbir davomida hozirgi özgarişlar haqida gapirib ötdi.

«3 yil avval Özbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi. Davlat öz asosiy funksiyalarini töğri bajarmayotgan mamlakatlar safiga kiritilgan edi. Tuşunarliki, şunday tahlilning özi körsatadiki, mamlakatdagi vaziyatni çuqur bilgan hukumat a'zolari hamda birinçi navbatda, 13 yil davomida boş vazir bölgan inson albatta bu yerdagi özgarişlarni boşlamasdan iloji yöq edi. Mamlakatning rivojlanişi konsepsiyasi, falsafasi özgarişi kerak edi va ilgaridagidek barçamiz marksistik yondaşuvdan çiqib avval iqtisod demasdan, şu narsa hamma uçun aniq böldiki, biz birinçi navbatda siyosiy tizimni özgartirişimiz kerak. Sababi, siyosiy tizimni özgartirmasdan, inson huquqlarini ta'minlamasdan insonning potensialini röyobga çiqarib bölmaydi.
Investitsiyalarni olib keliş uçun, kiçik biznesni rivojlantiriş uçun, iş örinlarini yaratiş uçun, mamlakatimizni raqobatbardoş qiliş uçun, birinçi navbatda, yangi qonunlar va davlat boşqaruvi tizimi zamonaviy körinişga ega bölişi kerak. Men öylaymanki, mana şu Özbekiston rivojlanişining paradigmasini taşkil qiladi», - deydi Sodiq Safoyev.













