Aliyevning sözlariga köra, «Armaniston yaxşi niyat qilgan taqdirda» 2022 yil oxirigaça tinçlik şartnomasi imzolanişi mumkin. «Öylaymanki, agar yaqin orada qaror qabul qilinsa, ikki davlat işçi guruhlari tinçlik şartnomasi matni ustida işlay boşlaydi, yil oxirigaça kelişuvga erişa olamiz», dedi u.

Aliyevning bildirişiça, na Armanistonda, na Yevropa kengaşida Boku e’lon qilgan tamoyillar haqida heç qanday savol yöq. Ular orasida suverenitetni özaro tan oliş, hududiy da’volarning yöqligi, davlatlararo munosabatlarda bir-birining xavfsizligiga tahdid solmaslik, davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş, diplomatik munosabatlar örnatiş, şuningdek, transport va aloqa hamda boşqa sohalardagi hamkorlik bor.

Avvalroq Aliyev Boku Yerevan bilan adovatni töxtatib, «tinçlikning yangi sahifasini oçmoqçi ekani»ni aytgan edi. Uning sözlariga köra, Ozarboyjon tinçlik jarayoniga nisbatan ma’lum bir optimizmga ega. U tinçlik şartnomasini tayyorlaş uzoq davom etmasligiga umid qildi.