Kommunal to‘lovlarni Telegram orqali to‘lash imkoniyati yaratildi
Endi fuqarolar kommunal to‘lovlarni uyda to‘lay olishi, hisoblagich ko‘rsatgichlarining fotosuratini bot orqali yuborishi mumkin.
Karantin davrida aksariyat fuqarolar uylarida bo‘lishlari energiya resurslariga ehtiyojni orttiradi. To‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi esa qarzdorlik ko‘payishiga olib keladi.
Shundan kelib chiqib, Majburiy ijro byurosi kommunal xizmatlar va qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun Telegram messenjerida @mibuzbot botini yaratdi.
Messenjerda @mibuzbot botini «Start» tugmasi orqali ishga tushirib, keyin mobil telefon raqamni ulash talab etiladi.
Keyin kommunal xizmat turi, viloyat, tuman (shahar)ni tanlanib, kommunal xizmat turi bo‘yicha shaxsiy hisob raqam kiritiladi.
Bot abonentning hisob-kitob ma'lumotlarini ko‘rsatgach, foydalanuvchi hisoblagich fotosuratini yuborish, to‘lovlarni kuzatib borish va qarzdorlikni to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘lovni amalga oshirishda, bot orqali elektron to‘lov tizimlariga kirib, plastik kartochka raqami, uning muddati, unga bog‘langan telefon raqami va to‘lov summasi kiritilgandan so‘ng, SMS orqali kelgan himoya kodini tasdiqlash kifoya.
Shu zahoti to‘lov amalga oshirilgani ma'lum qilinadi.
Ma'lumot uchun, bunday qulayliklar Majburiy ijro byurosining rasmiy saytida ham (www.mib.uz) yaratilgan.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024