«Şirinkent» mahallasida yaşovçi M.Xoliqulova hamda D.Mahmudovlarning ma'lum qilişiça, azaldan aholi şu yöldan ötib-qaytgan. Dabdurustdan şu yöl yoqasida joylaşgan savdo dökoni egasining yölni yopib olişi bir qator fuqarolarning sarson bölişi, öz uyiga ötişi uçun bir neça kilometr masofani bosib ötişiga sabab bölmoqda. Devor ham mojaro markazida turaverib naq «oltin devor»ga aylangan, birov buzay demaydi.

devor tortilgan köça

 

oldingi holat

Ma'lum bölişiça, devor «Zumrad» savdo işlab çiqariş korxonasiga qaraşli dökon rahbari E.Narziyev tomonidan qurilgan bölib, unga mazkur yerga egalik qiliş huquqi tuman hokimligi tomonidan berilgan. Tuman hokimligi esa egalik qarori 2014 yil, öşa vaqtdagi mas'ullar tomonidan berilganini ma'lum qildi. Hokimlik vakiliga köra, tuman rahbariyati mazkur vaziyatda fuqarolarni qöllab-quvvatlaşini, biroq işni sud körib, yakuniy qaror çiqargani, hokimlik esa sud işiga aralaşmasligini ma'lum qilmoqda.

Bir guruh fuqarolar mazkur qarorni noqonuniy deb topiş yuzasidan Jomboy tuman ma'muriy sudiga murojaat qilgan.

«Sudga murojaat qiliş uçun qölimizda rad etib bölmas qator asoslar bor edi. Birinçidan, aholi foydalanadigan yölning birovga berib yuborilişini noqonuniy deb hisoblaymiz. Ikkinçidan, qonunga köra, hokimlikning egalik qarori yer ajratiş töğrisidagi qarori asosida çiqariladi. Yölni egallab olgan E.Narziyevga yer ajratiş töğrisidagi hokimlik qarorida esa yöl emas, balki uning yonidagi hozirgi dökon örni bölgan 80 kvadrat metr yer körsatilgan. Ammo şu hujjat asosidagi egalik huquqi qarorida yöq joydan yerning umumiy maydoni 294 kvadrat metr bölib qolgan. Ya'ni, hokimlikning E.Narziyevga bergan yerga egalik qiliş haqidagi qarori noqonuniy. Ammo sud dalillarimizni inobatga olmasdan, da'vo arizamizni rad etdi», deydi fuqaro M.Erkinova.

Tuman «Yermulkkadastr» korxonasi vakili M.Nurmatov haqiqatan ham yerga egalik qiliş töğrisidagi qaror yer ajratiş töğrisidagi qarorda körsatilgan yerga berilişi lozimligi, yuqoridagi qaror esa notöğri çiqqanini ma'lum qildi. Xuddi şu fikr tuman boş arxitektori Zohid Turdiyev tomonidan ham bildirildi.

Tuman boş arxitektorining ma'lum qilişiça, tuman boş loyihasida yuqorida körsatilgan hudud kiritilmagan. Bunday vaziyatda hududning özi uçun tuzilgan boş loyiha asosiy hujjat hisoblanadi va bu loyihada nizodagi devor örni haqiqatan ham yöl bölgan. Bu haqda arxitektor sud işida ham qatnaşib ma'lum qilgan.