Rossiyaning Toşkentdagi elçixonasiga Moskvadagi terakt qurbonlari xotirasi uçun gullar olib kelinmoqda. Elçixona oldiga odamlarning ta’ziya gullari olib kelişi yarim keçadan boşlangan.
“Şu soatlarda qurbonlar va jabrlanuvçilarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiriş uçun elçixonaga kelgan va kelişda davom etayotgan barça özbekistonliklarga minnatdorçilik bildiramiz”, – deya qayd etdi elçixona.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Moskva yaqinidagi “Krokus siti holl” majmuasida röy bergan terakt oqibatida halok bölganlar soni 93 nafarga yetgan. Ulardan kamida 3 nafari – bolalar.
Yana yuzdan ortiq kişi jarohatlangan. Moskvaliklar Gavrilov nomidagi qon markaziga borib, ularga donor böliş uçun qon topşirmoqda. Markazda ixtiyoriy donorlar navbati yuzaga kelgan. RF Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, bu yerda qon qabul qiliş boşlanganidan keyin bir soat içida 600 dan ortiq donor qon topşirgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin terakt jabrlanganlariga 500 mingdan 3 mln rublgaça kompensatsiya berilişini ma’lum qildi.
“Moskva moskvaliklar va norezidentlarga moliyaviy kömak beradi. Moskva viloyati hokimiyati hududning jabrlangan aholisiga moliyaviy yordam körsatadi. Biz viloyat rasmiylari bilan birgalikda terakt qurbonlarining dafn marosimi öz zimmamizga olamiz”, – degan Moskva meri Sergey Sobyanin.
Avvalroq Federal xavfsizlik xizmati terakt işi böyiça 11 kişi qölga olinganini ma’lum qilgandi.














