Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasi farmkompaniyalar şifokorlarni «sotib olişi» muammosini örgandi. Muallif «medpredstavitel» qiyofasiga kirib, şifokorlarga retsept uçun pul taklif qildi va buni yaşirin kameraga yozib oldi. Xöş, muammo ildizi qayerda?

Curishtiruvimiz doirasida köplab şifokor va farmatsevtik firma vakillari bilan suhbatlaşdik, lekin tanlagan mavzumiz qaltis va nozik bölgani sababli oçiq intervyu berişga heç kim rozi bölmadi. Şundan söng şifokorlar bilan farmatsevtik firma vakili, ya'ni «medpredstavitel» qiyofasiga kirib gaplaşişga qaror qildik, çunki bu – pulga retsept yoziş holatlarini oçişning yagona yöli edi.

Alohida tayyorgarlik körib, Toşkent şahridagi 10 dan ortiq şifoxona va poliklinikalarda böldik, 20 ga yaqin şifokor bilan «medpredstavitel» qiyofasida gaplaşib, retsept uçun pul mukofoti (bonus) taklif qildik va afsuski, bu kabi takliflarga oson uçadigan şifokorlar borligiga guvoh böldik. Şu bilan birga, taklifimizni rad etib quvontirgan şifokorlarni ham uçratdik.

Xöş, nima sababdan şifokorlarni «sotib oliş» mumkin bölib qoldi? Şifokorlardan biri anonim qoliş şarti bilan intervyu berişga va buning sabablarini aytib berişga rozi böldi.

Xullas, ming marta eşitgandan, bir marta körgan yaxşi.

SUBYEKTIV loyihamizni YouTube, Telegram va Instagram'da kuzatib boring. Körsatuvimiz yoqqan bölsa, Like bosişni, video ostiga öz fikrlaringizni qoldirişingizni iltimos qilgan bölardik. Bu orqali siz foydali videolarimiz ommalaşişiga katta yordam bergan bölasiz.

Jamşidxon Ziyoxonov,
SUBYEKTIV muallifi.

Tasvirçi – Muhammadjon Ğaniyev.