AQŞ Davlat departamenti Özbekistondagi inson huquqlariga doir vaziyat yuzasidan 2020 yil hisobotini e'lon qildi.

Hisobotda qayd etilişiça, hukumat 2020 yil davomida akademik erkinlik va madaniy tadbirlarni çeklaşni davom ettirgan.

«Hukumat vakillari vaqti-vaqti bilan universitet ma'ruzalarini kafedra mudiri tomonidan tasdiqlaşni talab qildi, universitet professor-öqituvçilari odatda öz-özlarini senzura qildi», – deyiladi dokladda.

Hisobotning alohida bobida nodavlat-notijorat taşkilot duç kelayotgan qiyinçiliklar haqida söz boradi.

«Qonun uyuşiş erkinligini kafolatlasa-da, hukumat uşbu huquqni çeklaşni davom ettirdi. Davlat organlari NNTlar faoliyati, xalqaro miqyosda moliyalaştirilgan NNTlar hamda tartibga solinmagan islomiy va ozçiliklarning diniy guruhlarini nazorat qilişga intildi.

Mustaqil fuqarolik jamiyati, xususan inson huquqlari himoyaçilari uçun faoliyat muhiti çeklangan bölib qoldi, lekin bir qança faollar hukumat amaldorlari bilan hamkorlik yaxşilangani haqida xabar qilişdi.

Bir qança mustaqil NNTlar avvalroq qabul qilingan sud qarorlari yoki mansabdor şaxslarning boşqa e'tirozlari sababli mahalliy röyxatdan ötiş uçun tösiqlarga duç keldi», – deyiladi departament xulosasida.

Amerikalik kuzatuvçilar Özbekistondagi nodavlat-notijorat taşkilotlar har yili hukumatga hisobot topşirişi şartligi, Adliya vazirligi ularning faoliyatini tekşiriş va audit ötkaziş huquqiga ega ekaniga e'tibor qaratgan.

«NNTlar röyxatdan ötkazilişini nazorat qiluvçi Adliya vazirligi NNTlardan ularga a'zo bölmaganlar, şu jumladan çet elliklar iştirokidagi katta yiğinlarni va materiallar tarqatilişi rejalangan har qanday tadbirni ötkaziş uçun vazirlik roziligini olişni talab qiladi.

Undan taşqari, NNTlar yuqorida keltirilgan har bir tadbirning mazmuni va kölami töğrisida vazirlikni yozma ravişda xabardor qilişi lozim», – deya qayd etilgan AQŞ Davlat departamentining yillik dokladida.

Ta'kidlanişiça, yangi NNTlarni taşkil etişdagi murakkabliklar fuqarolik jamiyati rivojiga tösiq bölyapti.

«Nodavlat notijorat taşkilotlarini röyxatdan ötkaziş juda ham murakkabligi tufayli köplab taniqli va obröli taşkilotlar davlat röyxatidan ötmagan. Natijada, fuqarolik jamiyati böğiqligiça qolmoqda va me'yoriy talablarning köpligi mamlakatda NNTlarning roli oşişiga xalaqit bermoqda».