AQŞ Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi 2020 yilda Özbekistonda inson huquqlariga rioya etilişi yuzasidan hisobot e'lon qildi.

Hisobotda ötgan yili Özbekistonda röy bergan, inson huquqlarining turli jabhalariga oid voqea-hodisalar haqida söz yuritilib, muayyan xulosalar berilgan.

Qayd etilişiça, Özbekistondagi fuqaroviy idoralar xavfsizlik organlari ustidan samarali nazoratga ega, biroq xavfsizlik xizmatlari fuqarolik tuzilmalariga kirib borgan.

«Fuqarolik taşkilotlari xavfsizlik xizmatlari xodimlari bilan oşkor qilinmas hamkorlikda bölib, fuqarolik taşkilotlarining vakolatlari doirasi va miqyosini aniqlaş qiyin», – deyiladi hisobotda.

Amerikalik kuzatuvçilar Özbekistonda sudlar töla mustaqil emasligini alohida qayd etgan.

«Konstitutsiyada belgilanganiga qaramay, sud tizimi töliq mustaqillik va xolislik bilan işlamaydi. Prokuratura va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar vaqti-vaqti bilan sud organlari xodimlariga kerakli hukmlarni çiqariş uçun bosim ötkaziş holatlari kuzatildi».

Ta'kidlanişiça, gumonlanuvçini qamoqqa olişga sanksiya beriş haqida prokurorlar sudga iltimosnoma kiritganda, aksariyat hollarda sudyalar bu iltimosnomani qanoatlantiradi. Aks holda esa, prokurorda yuqori turuvçi sudga şikoyat qiliş huquqi bor.

«Rasmiy ayblovsiz hibsga oliş 48 soat bilan çeklangan, ammo prokuratura sudyadan hibsni qöşimça 48 soatga uzaytirişni söraşi mumkin, şundan söng şaxs ayblanişi yoki ozod qilinişi kerak. Sudyalar odatda bunday sörovlarni qondirişadi va bunday muddatni uzaytirgan sudya köpinça sud jarayonini ham boşqaradi, bu esa qonunbuzarliklarni yaşirişga imkoniyat yaratadi».

Hisobotda yirik jinoyatlarga oid sud işlari yetarliça oçiq ötmayotgani aytiladi.

«Ikkala tomon rozilik bergan taqdirda, sud muhokamalarini jonli efirda uzatiş davom etdi, bunday eşittirişlar odatda ma'muriy huquqbuzarliklar yoki iqtisodiy işlar bilan boğliq bölgan mayda işlarga çeklab qöyildi».

Qayd etilişiça, Oliy sud qarorlarini öz veb-saytida e'lon qilişga harakat qilayotganiga qaramay, quyi darajadagi sudlar odatda öz qarorlarini e'lon qilmaydilar va bu esa advokatlarga oldingi dalillarni körişlariga qiyinçilik yaratadi.