Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi
Urganch davlat universitetining sobiq rektori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim hayotdan ko‘z yumdi.
Foto: urdu.uz
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, taniqli matematik olim Azimboy Sa’dullayev 28 may kuni 78 yoshida vafot etdi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, olimning ilmiy maktabi, tarbiyalagan shogirdlari va fundamental tadqiqotlari nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. Olimning «Ko‘p kompleksli o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi» va «Kompleks potensiallar nazariyasi» sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.
Azimboy Sa’dullayev 1947 yil Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug‘ilgan. 1969 yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. 1972 yilda fan nomzodi, 1982 yilda fan doktori ilmiy darajasini olgan. 1989 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 1995 yilda esa haqiqiy a’zosi etib saylangan.
U 1992 yildan Urganch davlat pedagogika instituti, keyinchalik Urganch davlat universiteti rektori, 1997−2007 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbari, 2007−2012 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012−2017 yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
16:15 / 23.12.2025
Xorazmda tadbirkor undan ish so‘rab kelgan talaba qizga shilqimlik qildi
15:34 / 11.12.2025
Xorazmda “O‘zbekiston–Pokiston sanoat zonasi” tashkil etiladi
21:23 / 10.12.2025
Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi
13:33 / 27.11.2025