Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining batafsil yo‘nalishi qachon tayyor bo‘ladi?
27 dekabr kuni Toshkentda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida temir yo‘l loyihasi bo‘yicha davlatlar delegatsiyalarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda aniq muddatlar belgilandi. Bu haqda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Sidiqov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil aprel oyida navbatdagi yig‘ilish o‘tkaziladi, bu vaqtgacha tomonlar temir yo‘li yo‘nalishini yakuniy tarzda shakllantirib oladilar.
«Shuningdek tomonlar avgust oyida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha anglashuv tayyorlanishi, 2018 yilning oxiriga qadar esa barcha moliyaviy masalalar hal qilinishi bo‘yicha kelishib oldilar. Bu yerda aynan Toshkentda amaliy qadamlar qo‘yilgani juda muhimdir. Uchrashuvning bugungi natijalari «Toshkent – non shahri» deb ataluvchi mashhur ibora bilan ifodalanishi mumkin. Bu yerda biz ushbu loyiha bo‘yicha juda jiddiy qarorlar qabul qildik», - deya aytib o‘tgan elchi.
Qirg‘iziston Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yangi temir yo‘li Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali yuklarni Sharqiy Yevropa hamda Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazish imkonini beradi. U Xitoy mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga tashish uchun eng qisqa yo‘llardan biri bo‘ladi.
Loyihaning dastlabki parametrlariga ko‘ra, Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlariga yo‘lning qisqarishi taxminan 900 kilometrni tashkil etadi, muddatlar esa 7-8 kunga kamayadi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026