Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi böyiça işlaşiga imkoniyat yaratiş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga köra:

  • oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinçi kursdan (ayrim ta’lim yönalişlarida ikkinçi kursdan keyingi kurslardan) boşlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi böyiça öqişdan böş vaqtida işlaşiga ruxsat etiladi;
  • haq tölanadigan işlab çiqariş amaliyoti va haq tölanadigan stajirovka ötayotgan talabalarni işga qabul qilişda sertifikat talab qilinmaydi;
  • talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi böyiça işlaşiga faqat oliy ta’lim muassasasida öqiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga quyidagilarni nazarda tutuvçi talabalarga mutaxassisligi böyiça işlaş huquqini beruvçi sertifikat beriş tartibini işlab çiqiş va tasdiqlaş vazifalari yuklanadi:

  • sertifikat beriladigan ta’lim yönalişlari röyxati;
  • sertifikatni ta’lim yönalişlari böyiça qaysi kursdan boşlab berilişi;
  • sertifikatni berişda inobatga olinadigan holatlar.

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalari öqiş davrida mutaxassisligi böyiça işlaşini inobatga olib, 2024 yilga qadar xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erişiş sxemasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş çoralarini körişi taklif etilmoqda.