31 mart kuni röy bergan voqeaning tasvirlari içki işlar xodimlari ayollarga kuç işlatyapti, deya talqin qilindi. Şu sababli Kun.uz muxbirlari voqea röy bergan mahallada bölib, vaziyatni örgandi, janjalga nima sabab bölganiga oydinlik kiritdi.

Biz dastlab Oq oltin mahallasi raisi Tölaboy Usanov bilan uçraşdik. Oqsoqol janjallaşayotgan tomonlar aslida qarindoş ekanini bildirdi. Mahalla raisining aytişiça, bu tortişuvlar birinçi marta röy berayotgani yöq.

Tölaboy Usanov, Oq oltin mahallasi raisi

Avvalroq, mahallaning bir guruh fuqarolari fermer xöjaligi raisi Abdusattor Duxmarov ustidan ariza yozişgan. Unda bildirilişiça, Abdusattor Duxmarov «Şomurod ota» fermer xöjaligiga davlat tomonidan ajratilgan yerlardan öz öğillariga 5 gektardan bölib bergan. Mahalla raisi tuşgan arizani tuman qişloq xöjaligi bölimiga yönaltirganini aytdi. Tumandagilar arizada körsatilgan vajlar asossiz ekanini ma’lum qilişgan.

Raisga köra, murojaatçilar Abdusattor Duxmarov öz fermer xöjaligi yerlaridan uy-joy quriş uçun qarindoşlariga bölib bergan, ammo ularga işlaşiga monelik qilayotganidan norozi bölib dalaga çiqişgan.

Biz fermer xöjaligi raisini topdik, undan fikrlarini söradik va mojaroli yerda böldik.

Fermer xöjaligi raisi, 72 yoşli Abdusattor Duxmarovning aytişiça, 2009 yilgi optimallaştiriş asnosida 5 ta fermer xöjaligi tugatilib, unga çorvaçilik uçun 118 gektar lalmi yer ajratib berilgan.

Keyinçalik uning yerining 31 gektari (uning qudalaridan biriga tegişli yer ekan) ajratilib, hozir fermer xöjaligida 87 gektar yer qolgan. Öşa yerning 20 gektariga Mahmadoli Qangşarov heç qanday hujjatlarsiz da’vo qilmoqda.

Abdusattor Duxmarov

Barça hujjatlarga ega Abdusattor ota öz fermer xöjaligiga tegişli öşa 20 gektar yerni 5 yildan buyon tasarruf eta olmayotgani, şudgorlay olmayotgani, uning bir qismiga bodom köçatlari ekişni niyat qilib eka olmayotganini aytdi.