Buning ortidan köpçilikda savollar tuğilgani tabiiy. Hududlarda hokimlikni eplay oladigan odamlar tanqismi, mahalliy kadrlarga işonç yöqolganmi? Yoki qator muammolardan keyin oğir tumanlarni boşqariş faqat respublika miqyosida tajriba oşirgan mutaxassislarninggina qölidan keladi, degan fikrga kelindimi?

Aslida jamoatçilik uçun kutilmagandek tuyulayotgan bu qarorlar tasodifan qabul qilinayotgani yöq. Gap şundaki davlat rahbari ança vaqtdan buyon markazdagi kadrlar quyi tizimlarda işlab, muammolar bilan bevosita kuraşişlari zarurligini anglab keladi.

“Vazirliklardagi xodimlar endi tumanlarga borib, xalq bilan bevosita işlaydi. Tumanda ham hokimiyatdagi kabinetda qorovullik qilib ötirişmaydi, joylarga borib, mahallaning şaroitini örganadi, kerak bölsa hidiga könikadi.

Qaçonki mahallalardagi muammolarni yeçişni örgansa, odamlarni rozi qilsa, işsizlik bilan çin dildan kuraşsa, jinoyatçilikni kamaytirsa, ana undan keyin men özim bilaman u xodimni qanday taqdirlaşni. Oldingisidan ham köra kattaroq amalni ham, medalni ham beraman, maoşini ham oşiraman.

Mayli, tajribasi bölmasin, özim iş örgataman. Eng muhimi, şu xalqqa sadoqati bölsin”, degan gaplarni köp takrorlagan prezident.

Dastlab markazdan rahbar yuboriş sinov tariqasida ötkazilgan bölsa, hozirgi kunga kelib birdaniga bir neça tumanda vazir yoki qömita raisi örinbosari hokimlikka kirişdi.

Jumladan:

  • Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari Azizbek Latifjonov Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi;
  • Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlayotgan Bekzod Ummatov Andijon viloyati Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlandi;
  • Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari bölib işlab kelgan Sirojiddin Berdiqulov Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi;
  • Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Kadrlar ma’muriyatçiligi departamenti davlat organlari va taşkilotlarida kadrlar işini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boş inspektori vazifasida işlab kelgan Hamidulla Inomov Farğona tumaniga hokim böldi;
  • Suv xöjaligi vaziri örinbosari lavozimida işlab kelgan Akmal Arziyev Sardoba tumani hokimi sifatida iş boşladi.

Yana ba’zi jihatlar bor – markazdan yuborilayotgan kadrlarni öşa hududga begona deb bölmaydi. Ular şu viloyat farzandlari, ya’ni astoydil işlab, yaxşi nom bilan qaytişni istaydigan insonlar. Bu beşlikning yoş körsatkiçlari ham alohida e’tiborga molik – 40 yoşdan sal oşganlar. Demakki ayni kuçga tölgan, işlaydigan yoş. Bu jihatning öziga xosligi yoşlarga köproq işonç va imkoniyat berilayotganini anglatadi.