Toshkent metropolitenida 2030 yilgacha yana 10ta yangi stansiya quriladi
Toshkent metropolitenining Yunusobod va Sergeli yo‘nalishidagi qurilish ishlari 2020 yilgacha o‘z nihoyasiga yetkaziladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari va "Toshkent metropoliteni" UK rahbari Oybek Xudoyqulov 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan jonli muloqot vaqtida ma'lum qildi.
"Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishidagi ikki stansiya - 2019 yilda, Sergeli yo‘nalishidagi oltita stansiyaning qurilish ishlari esa 2020 yilda yakunlab, aholi uchun foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab quriladigan elektrlashtirilgan temir yo‘lni qurish bo‘yicha ham bir necha marta yig‘ilishlar o‘tkazildi. Hozirda davlatimiz rahbari tomonidan loyihaning eng muqobil variantini ko‘rib chiqish uchun 20 kun muhlat berilgan. Mazkur qurilishga xitoylik mutaxassislar jalb qilingan bo‘lib, ular bilan xonadonlar tuzilmasi, logistika masalalari puxtalik bilan o‘rganib chiqilmoqda", dedi Oybek Xudoyqulov.
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkent metropoliteni tarkibiga 2030 yil oxiriga qadar yana 10tayangi bekat qo‘shilishi rejalashtirilgan.
"2030 yilgacha metropolitenda "Beruniy" bekatidan Qoraqamishgacha ikkita bekat, "Buyuk Ipak Yo‘li" bekatidan TTZgacha uchta bekat hamda "Mingo‘rik" bekatidan Janubiy vokzalgacha beshta bekat qurish rejalashtirilmoqda", deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni 1977 yilda ishga tushirilgan, O‘rta Osiyodagi birinchisi hisoblanadi. Ayni vaqtda Toshkent metrosi uch yo‘nalish va jami 29 bekatdan iborat. Yo‘llarining umumiy uzunligi 36,2 kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid

10:00 / 20.04.2021
«Toshkent metrosida yo‘lovchilar xavfsizligi 100 foiz ta'minlanadi» – metropoliten rahbari

20:21 / 16.04.2021
«Biz bilgandik shunaqa bo‘lishini» - Toshkent metropoliteni rahbari Sergeli yo‘nalishidagi nosozlik haqida

20:57 / 09.04.2021
Toshkent metrosida ikki poyezd to‘qnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi

14:55 / 08.04.2021