Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti xaker hujumiga uchradi
O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tegishli rasmiy vebsayt sahifasi xaker(lar) hujumiga uchradi. 24 iyul kuni soat 20.00 holatiga ko‘ra, sayt manzili orqali bosh sahifaga tashrif buyurilganda, faqat «Konkursga o‘tish» yozuvi va unga biriktirilgan havola faol ko‘rsatilgan.
«Konkursga o‘tish» yozuviga biriktirilgan havola orqali keyinga sahifaga o‘tilganda xaker(lar) tomonidan qoldirilgan murojaat kelib chiqadi.
«Axborot xavfsizligi qani, akalar? Bizning nomzodni o‘tkazmagan, voy meni akaxonlarim! [email protected]», - deya murojaat qoldirgan xaker.

Shuningdek, sayt manzili ma'lumotnomasida «hamma ma'lumot menda» degan xabar ham qoldirilgan. Ammo yozuv muallifi qanday ma'lumotlarni qo‘lga kiritganiga aniqlik kiritmagan.
Shu paytga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy saytini ishdan chiqargan xaker biror talabnoma yo shartini bildirmagan.
Agentlik rasmiy vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, sayt bilan yuz bergan muammolar tez orada bartaraf etiladi.
2017 yili O‘zbekiston davlat muassasalari saytlariga 600 dan ortiq hujumlar bo‘lgan, 2018 yilda ko‘rsatkich 30 foizga kamaygan.
O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash reytingi aniqlangandi. Adliya vazirligi mazkur reytingda 89,7 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan, Davlat bojxona qo‘mitasi esa uchinchi o‘rinda qayd etilgandi. Ammo Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi top-10likka kiritilmagan.
Mavzuga oid
23:38 / 10.02.2020
4 nafar xitoylik AQShning 145 mln fuqarosi shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda
14:14 / 08.07.2019
British Airways mijozlari haqidagi ma'lumotlar o‘g‘irlanganligi uchun 183 mln funt jarimaga tortildi
20:50 / 03.01.2018
2017 yilda o‘zbek saytlari 700 ga yaqin xakerlik hujumiga uchradi
09:25 / 04.10.2017