Özbekistondagi davlat ahamiyatiga ega bölgan avtomobil yöllariga yangi raqamlar beriladi. Bu haqda 2024 yil 4 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.
Qarorda yozilişiça, Özbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bölgan avtomobil yöllarining raqami eski holiça qolgan. Davlat va mahalliy ahamiyatga ega bölgan yöllar raqamlari esa özgargan.
Davlat ahamiyatidagi 4R bilan boşlanuvçi avtomobil yöllariga tartib böyiça D001 bilan boşlanuvçi raqamlar berilgan. Masalan, şu paytgaça 4R-50 Toyloq-Urgut yöli D069 tarzida raqamlangan. Boşqa yöllarga ham şu tarzda qayta raqam berilgan.
Mahalliy yöllarga esa avtomobil raqamlaridan kelib çiqib raqam berilgan. Masalan, Qoraqalpoğistondagi barça mahalliy yöllar 95V, Samarqand viloyati 30V tarzida boşlanadi.
Masalan, 4K522 Urgut-Poçvon-Ustaxona avtomobil yöliga 30V029 raqami berilgan. Respublikadagi barça viloyatlar yöli şu tarzda qayta raqamlangan.
Qarorga köra, yöllarga yangi raqamlar beriş tartibi 2025 yil 1 yanvardan boşlanadi. Qaror ijrosini ta’minlaş Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov va Transport vaziri Ilhom Mahkamovga yuklatilgan.
Qarorda Özbekistondagi minglab yöllarning raqamlarini özgartirişga nima sabab bölayotgani oçiqlanmagan.
Vazirlar Mahkamasining qaroridagi röyxatda 1800 tadan oşiq yölning raqami almaştirilmoqda.












