Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 dekabr - Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan, soha vakillariga tabrik yölladi.

«Qadrli vatandoşlar! Muhtaram dehqon va fermerlar!

Avvalo, barçangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Qişloq xöjaligi xodimlari kuni bilan çin qalbimdan tabriklab, eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirişga ruxsat etgaysiz.

Öz işining mohir ustasi bölgan siz, azizlarning fidokorona mehnatingiz samarasini har kuni öz dasturxonida köradigan xalqimiz bu yilgi mavsum qanday oğir va murakkab keçganini yaxşi biladi. Haqiqatan ham, tabiat injiqliklari – bahorning quruq kelgani, kutilmagan jala va böronlar, yoz faslidagi kuçli suv tanqisligi, jazirama issiq, turli haşarot va kasalliklar ekin-tikinlarga katta xavf tuğdirgani, kuzda esa yoğin-soçinlarning barvaqt boşlangani mamlakatimiz qişloq xöjaligi xodimlarini yana bir bor jiddiy sinovdan ötkazdi. 

Joriy mavsum oxirlab, yil natijalari sarhisob qilinayotgan mana şu qutluğ ayyomda sizlarga, barça qişloq ahliga ana şunday olijanob mehnatingiz uçun öz nomimdan, xalqimiz nomidan katta rahmatlar aytib, çin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Aziz döstlarim, vatandoşlarim! Sizlarni yana bir bor Qişloq xöjaligi xodimlari kuni bilan çin dildan tabriklayman. Barçangizga sihat-salomatlik, işlaringizga yangi-yangi yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Umringizdan, mehnatingizdan baraka toping! Kirib kelayotgan yangi – 2019 yilda hosilimiz yanada möl bölsin! Qabul qilayotgan barça reja va dasturlarimiz ijobat bölsin!», - deyiladi tabrik matnida.

Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev Qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qöşgan fuqarolardan bir guruhini mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Köp yillik fidokorona mehnati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yanada mustahkamlaş, qişloq xöjaligi sohasi rivojini yangi bosqiçga kötariş va uni kompleks modernizatsiya qiliş, sohaga innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etiş, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş, barça turdagi qişloq xöjaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetiştirib, el-yurt farovonligini yuksaltiriş, dasturxonlarimiz tökinligini ta'minlaşga qöşgan munosib hissasi, agrar sektorda islohotlarni, davlat dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oşiriş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxşilaş borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandilar: