O‘zbekiston | 19:30 / 06.02.2021
27818
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi xodimlari soni 15 foizgacha optimallashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, 2021 yil 1 martga qadar Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi Oliy Majlis palatalari bilan kelishuv asosida davlat boshqaruvi organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi.

Loyihaga ko‘ra, quyidagi ishlar almashtiriladi:

  • boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar, byurokratik to‘siqlar va majlisbozlikni qisqartirish;
  • vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish;
  • raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan ish jarayonlarini optimallashtirish;
  • yuqoridagi choralar natijasida davlat boshqaruvi xodimlari sonini mehnat qonunchiligiga qat'iy rioya etgan holda o‘rtacha 15 foizgacha optimallashtirish;
  • vazirliklarda faoliyatni tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 martga qadar O‘rta va quyi bo‘g‘in boshqaruv idoralarining faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Ushbu loyihaga ko‘ra:

  • davlat boshqaruvini nomarkazlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni shakllantirish va ularni takomillashtirish;
  • viloyat, tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun xodimlar soni, maoshini hududning o‘ziga xosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilash;
  • quyi tizim rahbarlari va xodimlarini yangicha talablar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali ishlashga o‘rgatish, malakasini oshirishning aniq tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

Mavzuga oid