Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda To‘ra Sulaymon uy-muzeyi tashkil etiladi
Videodan kadr
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Yozuvchilar uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sirdaryo viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilikning O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon yashab ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasi 7-uy manzilida To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Sirdaryo viloyat hokimligi uy-muzeyni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishda:
- mazkur obektning 2022 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi;
- uy-muzey hovlisida shoirning haykali o‘rnatilishi;
- uy-muzey binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish;
- Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasiga hamda mazkur mahalladagi 19-sonli umumta’lim maktabiga To‘ra Sulaymon nomini berish;
- uy-muzeyga aylantiriladigan Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasi, 7-uy manzilidagi binoda shoirning mulk huquqi asosida istiqomat qiluvchi qarindoshlarini belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlashni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026