BAA O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qiladi
O‘zbekiston fuqarolari vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Foto: Kun.uz
2024 yil 16 yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.
Hukumatlararo hamkorlik protokoli O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Oqqulov va BAA tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolandi.
Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.
Imzolangan hujjat O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetkazib, O‘zbekistonni Global Passport Power reytingida 71-o‘ringa ko‘taradi.
- Ma’lumot uchun, 2023 yil davomida BAAga O‘zbekistonning 119 ming 454 nafar fuqarosi tashrif buyurgan va viza rasmiylashtirish uchun 9,2 mln dollar mablag‘ sarflagan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lavrov Putinning 9 may sulhi bo‘yicha taklifini «bevosita muzokaralar boshlanishi» deb atadi
Jahon | 21:28
-
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi
O‘zbekiston | 21:18
-
Urganchda Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 21:05
-
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar
Jahon | 20:47
Mavzuga oid

00:31 / 28.04.2025
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili

15:50 / 22.04.2025
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

11:01 / 15.04.2025