Umid Hikmatoviç Şoumarov Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni Mehnat vazirligi va viloyat hokimligi axborot xizmatlari xabar berdi.
Şoumarov 2020 yil 12 oktyabridan buyon Olmaliq şahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
19 aprel kungi prezident selektorida 30dan ortiq tuman va şaharlar hokimlarining birinçi örinbosarlarini işdan olişga körsatma berilgan, ular orasida Olmaliq şahri hokimining birinçi örinbosari ham bor edi. Davlat rahbariga köra, ular hokim yordamçilari faoliyatini qoniqarsiz taşkil etgan.
Umid Şoumarov 1979 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 2000 yil Toşkent davlat agrar universitetini tamomlagan, 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida magistratura darajasini olgan. Mutaxassisligi - iqtisodçi-hisobçi.
Mehnat faoliyatini 2002 yil Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani “Töytepa Agro Impeks” MÇJ direktori lavozimidan boşlagan. Hokim örinbosari bölişdan oldin “Adolat” partiyasining Toşkent viloyati kengaşi raisi lavozimida işlagan. 2010–2015 yillarda xalq deputatlari Örta Çirçiq tumani kengaşi deputati, 2015–2020 yillarda Toşkent viloyati kengaşi deputati bölgan.












