Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bir kunda 30dan ortiq shahar va tumanlarda hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari ishdan olindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatgan hokim yordamchilari va hokim o‘rinbosarlari haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, barcha infratuzilmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud bo‘la turib, respublika bo‘yicha 12 ta shahar hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Samarqandning 2 tadan tumanidagi aksariyat hokim yordamchilarining faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.
Shu munosabat bilan:
- Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Guliston, Farg‘ona, Marg‘ilon, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod shaharlari;
- Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Toshkent, Qibray, Bo‘stonliq va Urgut tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berilgan.
Tajribali mutaxassislarni jalb qilib, ushbu shahar va tumanlar hokim yordamchilarini to‘xtovsiz o‘qitish, yo‘nalishlar berib borish, yaxshi-yaxshi tajribalarni o‘rgatib borish kerakligi ta’kidlangan.
O‘tgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilishi qayd etilgan.
Bundan oldinroq xuddi shu videoselektorda Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Shovot, To‘rtko‘l, Tomdi, To‘raqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Farg‘ona tumanlari, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishdan olingani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026