Marhumaning turmuş örtoği, ayni paytda Umra safarida bölgan Rafkat Sabitovning bloger Olimjon Haydarovga bergan intervyusida aytişiça, uning boşqa oilasi bölmagan, şar’iy va qonuniy nikoh asosida şu oilasi bilan yaşagan. Ayolni ruhiy holatiga ta’sir qiladigan rasmlar va videolar yuborilganligi haqidagi miş-mişlar yolğondan iborat. Fojiadan ikki kun avval u safarga sinfdoşlari bilan ketgan.

 “Oilamda moddiy ta’minot jihatidan heç narsaga muhtojligi bölmagan. 2017 yildan buyon birga yaşab kelaman. Uniyam, meniyam ikkinçi turmuşimiz bölgan. Qaynonamnikida turişining sababi - 2022 yilning oktyabr oyida uyimizda yonğin çiqib xonalarimiz yaşaşga nobop holatda edi. Öşa kuni xotinim kiçik qizimga sut tayyorlaş uçun uyğonganda yonğinni sezib bizni uyğotgan. Yonğinda ayolimning qöli bölmagan. Bolalarim tutundan dimiqib qolgani uçun özlariga kelişiga yetarli şaroit böladi, deb qaynonamnikiga olib borib qöydim.

Şundan beri ta’minlab kelayapman. Qaynonam ham meni öz öğliday yaxşi körardi. Oçiq-oydin gaplaşardik. Ikki öğlim xususiy boğçaga borişardi, ularni har kuni özim olib borib – olib kelardim. Ba’zida ulgurmay qolsam menikidayam yotib qolişardi.

Hamma narsani qaynonam bilan maslahatlaşib qilardim. Albatta, kiçkina muammolar bölib turardi hamma qatori. Lekin bola talaşiş yoki moddiy jihatdan talaşiş, oilaviy muammolar bölmagan oramizda”. 

Ayolingiz sizni şu darajada qattiq raşk qilişiga asosli sabab bölganmi?

“Raşk qilişiga heç qanday asos ham, sabab ham bölmagan. Lekin öta qattiq yaxşi körardi, qattiq raşk qilardi. Farzandlarimiz tuğilişida ham köp sinovlarni birga ötkazganmiz. Orada 3-farzandimiz muddatidan avval tuğilib nobud böldi. Öşandayam ayolim juda qattiq stressga kirdi. Özini boşqara olmaydigan darajada tuşkunlikka tuşib qolgan holatlarida bir-birimizga dalda böldik. Köp ötmay qizli böldik, 45 kun şifoxonada yotişdi. Öşanda ança qiynaldi, men ham, u ham qölimizdan kelgança harakat qildik. Lekin öta raşkçi edi. Şular sabab böldimi deb öyladim, lekin hammasini özi bilan birga olib ketdi”.

Xotiningizda ruhiy holatida özgariş kuzatilganmi?

“Yöq, psixikasiga taalluqli heç qanday özgariş bölmagan. Nikohdan oldin birgalikda barça tibbiy köriklardan ötganmiz. Xotinim hayotdan zavq olib yaşaydigan qiz edi. Faqat farzandlarimiz köpayişni boşlagandan keyin şunaqa holatlar köpaya boşladi. Orada biroz dam olişini, bolalarimizni sal katta qilib keyin tuğişini aytganman. Bolalarimizning orasi juda yaqin böldi, tuğruqlar qiyin keçdi. Qiynalganidan ham stressga tuşib qoldimi deb öylayapman.