Kun.uz'ga Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining turli bosqiçdagi bir guruh talabalari majburiy forma qilinayotganidan e’tiroz bildirib, murojaat qilişdi.

Ta’kidlanişiça, talabalarga maxsus kiyim tikilayotgani, uni hamma sotib olişi şartligi, olmaganlar darsdan çetlaştirilişi aytilgan.

“Talabalar yoppasiga majburiy forma sotib olişga va kiyişga majburlanmoqda. Forma sifatsiz matodan tayyorlangan. Uning narxi nimça va yubka bilan 250 ming söm.

Forma kiymaganlarni 16 sentabrdan darsga qöymaslik va “NB” qöyiş bilan qörqitişmoqda. Klassik kiyim va forma ötmasligini, majburiy forma olinişi şartligini uqtirişdi. Talabalarning 95 foizi aynan klassik formada, bu holatdan umuman norozi. Iltimos, talabalarga yordam bering”, – deydi şaxsi oçiqlanişini istamagan talaba.

Murojaat qilganlarning yana biri esa bunday harakatlar bilan talabalar maktab öquvçisidek körilayotganini, voyaga yetgan şaxslar bilan bunday munosabatda bölişni töğri deb hisoblamasligini bildirdi.

“Universitet baribir şu “smurfça forma”ni qildi. Öt tuşsin şu formasiga, tuşunmayman, bizni maktab öquvçisi sifatida köryaptimi?! 20 yoşli ham, 40 yoşli odam ham bir xil formada yuradimi endi? “NB”si, davomati, formasi jonimga tegib ketdi. Endi bir xil formasi bilan umuman asabga tegyapti. Soçingni yiğ, unday qil, bunday qil... Hatto maktabda ham bunday öqimagan edim”, – deydi u.

Murojaatçilarga köra, yagona majburiy forma avvaliga 180 ming, keyin 230 ming sömga baholangan. Hozirga kelib esa 250 ming sömdan sotilayotgani aytilmoqda.

“Bizga boşida rektordan tortib, talabagaça, hamma bir xil forma kiyadi deyişdi. Hozir öqituvçi, dekanat, rektoratimiz özining doimiy formasini kiyib, faqat universitet nomi tuşirilgan nişon (znaçok)ni taqib yurişibdi xolos. Lekin bularning hammasi talabadan forma talab qilyapti. Bu formaga dazmol ursa, yaltillab qoladi. Matosi juda ham nozik”, – deydi talabalardan biri.

Ma’muriyat: “Yangi forma – kadrlarning ma’nan, jismonan, aqlan yetuk bölişi uçun”

13 sentabr kuni Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti özining rasmiy kanalida forma bilan boğliq e’tirozlarga munosabat