Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tuman prokurori B.Suyunov viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, «Şerali» QFYda ötkazilgan tekşiriş böyiça QFY raisi F.Yodgorov unga nisbatan yengillik körsatilişini sörab, evaziga 100 AQŞ dollari pora taklif qilayotganligini bildirgan.

Boş prokuratura xabariga köra, bildirgiga asosan, Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan 20.09.2018 yilda ötkazilgan tezkor tadbirda, F.Yodgorov tuman prokurori B.Suyunovga 100 AQŞ dollari pora tariqasida bergan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan F.Yodgorovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.