Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qiziltepa tumaniga 25 yil hokimlik qilib kelgan Shabon Nabiyev vazifasidan ozod etildi
Shabon Nabiyev Qiziltepa tumaniga 25 yildan buyon hokimlik qilib kelgan.
Foto: Qiziltepa tumani hokimligi matbuot xizmati
Qariyb 25 yil davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Shabon Nabiyev vazifasidan ozod etilgani aytilmoqda. Kun.uz manbasi ushbu xabarni tasdiqladi.
Shabon Nabiyev O‘zbekistonda eng ko‘p muddatga tuman rahbari bo‘lgan hokimlardan biri hisoblanadi. U 1998 yildan beri ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.
“Zarafshan Golden Group” kompaniyasi ta'sischisi, senator Ulug‘bek Fayziyev tumanning yangi rahbariga aylandi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda viloyatning Navoiy viloyatining ayrim tuman va shaharlari hokimlari ham o‘zgarishi haqida xabarlar tarqalgan.
8 noyabr kuni 2016 yildan buyon Navoiy viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Qobul Tursunov “sog‘ligi davolanish talab etgani” sababli vazifasidan ozod etilgan hamda ushbu lavozimni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat Tursunov egallagandi.
Mavzuga oid
11:09 / 09.10.2025
Navoiyda er ajrashayotgan xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi
23:15 / 27.04.2024
Navoiylik tadbirkor tergov izolyatorida vafot etdi
22:41 / 08.04.2024
Qiziltepada “zamhokim”ning bosimi bilan ovoz to‘plangan tashabbuslar g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin
20:16 / 05.04.2024