Qiziltepa tumani hokimi örinbosari taşkilot rahbarlariga majburiy tarzda ovoz yiğdirgan taşabbus “Taşabbusli budjet”ning ğolib loyihalari röyxatidan çiqarib taşlanişi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qiziltepa tumani hokimiga xat jönatgan.  

Vazirlik 8 aprel kuni Navoiy viloyati hamda Qiziltepa tumani hokimligiga xat bilan murojaat qilib, majburiy tarzda ovoz töplangan loyihalarga aniqlik kiritişni hamda 1 kunda vazirlikka ma’lumot taqdim etişni söragan.  

“Ayrim hududlarda “Taşabbusli budjet” jarayonlari doirasida ba’zi taşkilotlarning rahbarlari tomonidan majburiy ovoz yiğiş böyiça topşiriq beriş holatlari kuzatildi.

Ma’lumot uçun, prezidentning 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qarori bilan “Taşabbusli budjet” jarayonlari doirasida budjet taşkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yiğiş böyiça xodimlarga topşiriq berişlari taqiqlanişi, şuningdek, ovoz yiğişga majburlaş tegişli taşkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanişi belgilangan.

Jumladan Kun.uz internet naşrida Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi örinbosarining budjet taşkilotlari rahbarlariga yiğiliş ötkazgan holda majburiy ovoz töplaş yuzasidan körsatma berayotgani tasvirlangan ovozli xabar e’lon qilindi.

Boş prokuratura hamda Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan ötkazilgan örganiş natijalariga köra, taşabbusli budjet loyihasiga ovoz yiğişga majburan jalb etilganligi holati öz tasdiğini topgan bölib, tegişli mansabdor şaxsga nisbatan çora körilgani ta’kidlandi.

Joriy yil 5 aprel kuni “Oçiq budjet” axborot portalida “Taşabbusli budjet” jarayonining 2024 yildagi birinçi mavsumi doirasida ğolib bölgan loyihalar e’lon qilindi. Bunda, Qiziltepa tumanida “Taşabbusli budjet” jarayonlari doirasida mansabdor şaxslar tomonidan majburiy ovoz töplaş böyiça taşkilot rahbarlariga topşiriq beriş holati kuzatilgani sababli uşbu hudud böyiça ğolib loyihalarning e’lon qilinişi keçiktirildi.

Şu bilan birga keng jamoatçilik va OAV vakillari tomonidan majburan ovoz töplangan loyihalar ğolib loyihalar röyxatidan çiqarilişi masalasi körib çiqilişi lozimligi ta’kidlanmoqda”, deyiladi vazirlik xatida.

Vazir örinbosari A.Haydarov tomonidan imzolangan xatda Qiziltepa tumani hokimi B.Bobomurodovdan tumanda “Taşabbusli budjet” jarayonlari doirasida majburiy tarzda ovoz töplangan loyihalarga aniqlik kiritiş hamda 1 kun muddatda vazirlikka ma’lumot taqdim etiş söralgan.

Eslatib ötamiz, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Ölmas Istamov Zoom orqali ötkazilgan onlayn majlisda taşkilot rahbarlariga keçgaça 50 tadan ovoz yiğişni buyurgan, aks holda kim bölişidan qat’i nazar işdan böşatib yuboriş bilan