Namangan viloyati Çust tumani hokimligi balansidagi Cobalt va Nexia-3 rusumli xizmat avtomobillarida sodir etilgan 31ta qoidabuzarlik uçun tayinlangan jami 13,5 mlnlik jarimalar tölanmayapti. Ular orasida 2018 yilda qöllanilgan jarimalar ham bor.
Bundan taşqari, 9ta qoidabuzarlik uçun 6 mln 425 ming söm jarimaga tortilgan Trailblazer garçi hokimlik balansida bölmasa-da, undan tuman hokimi Bekzod Hamdamov xizmat avtomobili sifatida foydalanayotgani aytilmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi
Jarimalarning aksariyati tezlikni oşirganlik uçun tayinlangan. Kun.uz suriştiruvida töplangan ma’lumotlar şundan darak bermoqda.
“234”lar kolleksiyasi
E’tiborli jihati, biz bugun hikoya qiladigan avtomaşinalarning davlat raqam belgilaridagi raqamlar kombinatsiyasi bir xil – “234”.
Cobalt
Hokimlik xizmat maşinalari orasida qoidabuzarlik sodir etilişi böyiça davlat raqami 50 234 NAA bölgan (hozirda 50 066 DAV) oq rangli Cobalt avtomobili yetakçilik qilmoqda.

Bu xizmat avtomobilida sönggi 3 yil davomida 17 marta qoidabuzarlik sodir etilgan. Qoidabuzarliklarning barçasi tezlikni oşirganlik bilan boğliq. Qoidabuzarliklar uçun jami 8 mln 295 ming söm miqdorida jarimalar tayinlangan va ular tölanmagan.




























