Har yil boşida jahonga maşhur Forbes naşri turli sohalarda 30 yoşgaça bölgan AQŞ va kanadalik yoş yetakçilar röyxatini e'lon qilib boradi. Ular orasida yirik kompaniya asosçilaridan tortib, siyosatçilargaça bor.
Bu yilgi röyxatda keng jamoatçilik, tajribali muxbirlar va mutaxassislar hay'ati 20 sohadagi 600 nafar yoşni saralab olgan.
Röyxat 30 mutaxassisni qamrab oladi, Kun.uz e'tiboringizga siyosat va huquq yönalişida Forbes yoş yetakçilarining yetakçi 15talik röyxatini taqdim etadi.
David Agranoviç

David Agranoviç, 27 yoş. Feysbukning ijtimoiy siyosat masalalari böyiça boşqaruvçisi. U Feysbukdagi demokratiya tamoyillarini ğarazli tahdidlardan himoya qiladi. Agranoviç bungaça AQŞ Milliy Xavfsizlik Kengaşida razvedka bölimi boşliği bölib işlagan.
Loren Blojyett

Loren Blojyett, 29 yoş. Immigratsiya masalalari böyiça advokat. Fulbrayt stipendiyasi sohibasi. Muhojir qizlar uçun Safe Passage loyihasi taşabbusini ilgari surgan va 70 muhojirga kömak bergan.
Emerson Bruking

Emerson Bruking, 29 yoş. "Layklar jangi: Ijtimoiy tarmoqlarni qurollantiriş" asari muallifi. Mazkur kitob Amazon'da oyning eng yaxşi kitobi bölgan. Forbes'ga köra, Bruking kiberqurollar böyiça yetakçi pandit*ga aylanib ulgurgan. (*pandit - hinduiylik rohiblari)
Kayl Kançola

Kayl Kançola, 29 yoş. Fenwick & West kompaniyasi vakili. Stanford Technology Law Review naşrining sobiq muharriri va hozirda Kremniy vodiysidagi Fenwick & West kompaniyasining huquq va texnologiyalar böyiça mas'ul mutaxassisi bölgan Kayl moliya bozori va kripto belgilar bilan boğliq loyihasini amalga oşiriş niyatida.





















