Buxoro şahrida prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini köpaytiriş orqali narx-navo barqarorligini ta’minlaş hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlaş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.

Yiğilişda takroriy ekinlar ekilişi holatiga töxtalib ötildi. Iyul oyida yillik inflatsiya darajasi 8,9 foizni, oziq-ovqat mahsulotlarida esa 10,7 foizni taşkil qildi. Bu borada kartoşka, piyoz, un va yoğ mahsulotlari ötgan yilga nisbatan arzonlaşgani muhim omil böldi.

Lekin, takroriy ekin ekiş işlari töğri taşkil etilmagani bois ayrim hududlarda sabzi narxi 52 foizgaça oşgan; pomidor 2 barobar qimmatlagan; bodring narxi 1,7 barobargaça ösgan. Bundan taşqari, respublika böyiça bor-yöği 44 ming gektarga kartoşka takroriy ekin sifatida ekilgan.

Yiğilişda bundan buyon tuman hokimlari hududida inflatsiyani jilovlaşga şaxsan javob berişi ta’kidlandi.

- Şu örinda hokimlarni qat’iy ogohlantiraman. Narxlarni jilovlaş tadbirkorlarga mahsulotini majburlab arzon narxlarda sottiriş hisobidan bölmasligi kerak. Bu işlar faqat va faqat takroriy ekinlarni köpaytiriş va mahsulot hajmini oşiriş orqali ta’minlanişi şart, - dedi davlat rahbari.