AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodçi Behzod Hoşimov «MFactor» loyihasi mehmoni bölib, koronavirus pandemiyasi va karantin çoralarining iqtisodiyotga ta'siri haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.

Inqiroz qança vaqt davom etadi?

Kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz qança muddatga çözilişi mumkinligi haqidagi savolga Hoşimov quyidagiça javob berdi.

«Birinçidan, kasallik tez tugasa, inqiroz ham tez tugaşi ehtimoli baland. Ikkinçidan, bu hukumatlar va jamiyatlarning xatti-harakatlariga boğliq. Inqirozdan tezroq çiqib ketişga yönaltirilgan iqtisodiy siyosat töğri bölsa, inqirozdan tezroq çiqiladi. Agar [iqtisodiy siyosat] notöğri bölsa, pul notöğri yönaltirilsa, bu jarayon albatta sekinroq böladi.

Bu insonlar va hukumatlarning xatti-harakatlariga boğliq. Şuning uçun 3 oy, 6 oy yoki 1 yilda ötarkan, deyiş ğalati. Çunki men ular qanday harakat qilişlarini bilmayman. Bu xuddi karta öyiniga öxşaydi», – dedi Behzod Hoşimov.

«Bu inqiroz juda noyob»

Uning ta'kidiça, hozirgidek iqtisodiy inqirozlar tarixda köp ham kuzatilmagan.

«Iqtisodiy inqirozlar [odatda] talab yoki taklif masalalaridan boşlanadi. Masalan, 2008 yil dunyo moliyaviy inqirozining sabablari AQŞdagi invest banklar notöğri qoğozlarni sotib, uy va köçmas mulk bozorini qulatgan. Undan keyin domino effektiga qolgan bozorlar ham qulaşni boşlagan. Umumiy talab pasaygan. Kompaniyalar inqiroz tufayli investitsiya qilişni töxtatgan, şu sababli hamma narsa töxtagan. Insonlar pullarini jamğarişni boşlagan. Bu esa inqirozga olib kelgan», – dedi Hoşimov.

Iqtisodçining tuşuntirişiça, koronavirus tufayli yuzaga kelgan joriy inqiroz murakkab inqiroz hisoblanadi.

«Hozir bizda ham talab, ham taklif qisqaryapti. Biz ongli ravişda iqtisodni işlab çiqarişdan «öçirib qöyyapmiz». Ham talab, ham taklifning birga tuşişi insoniyat tarixida juda kamdan kam bölgan narsa.

Masalan, uruşlarda ham talab köp bölgan. Çunki hukumat harbiy soha uçun işlab çiqarişni davom ettirgan. Şuning uçun ham uruş vaqtida [bir vaqtning özida] ham talab, ham taklif tuşib ketmagan», – deydi u.