Yangihayotda “LAND HOUSE” MÇJ tomonidan qurilib, 2023 yilning may oyida foydalanişga topşirilgan “dom”ning aholi uçun ajratilgan 2 ta lifti nosoz holda bölgani aniqlandi. Şu sababli, fuqarolar yuk taşuvçi liftdan foydalanib kelişgan.  

Ma’lum qilinişiça, 18 iyun kuni Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFY, 17-sonli köp qavatli uyning yuk taşişga möljallangan lifti pastga tuşişda tezlaşib ketgan. Bu paytda fuqarolar foydalanişi möljallangan 2 ta liftda ta’mirlaş işlari olib borilayotgan bölgan. Şu sababli, fuqarolar yuk taşişga möljallangan liftdan foydalangan.

«Liftga belgilangan vazndan köp miqdorda, ya’ni 1 tonnadan oşiq, 13 nafar fuqaro 16-qavatdan mingan. Ularning 2 nafari yoş bola bölgan. 10-qavatga kelganda liftning tuşiş tezligi tezlaşib ketgan hamda içidagi fuqarolarning hayoti xavf ostida qolgan. Ularning barçasiga tibbiy yordam körsatilgan. 6 nafar fuqaroning oyoği singan hamda ular reabilitatsiya bölimiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga uyiga ruxsat berilgan», deyiladi Boş prokuratura axborotida.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Kun.uz muxbiri keça tunda voqea joyida bölib, hodisa guvohlari bilan suhbatlaşgandi. Voqea guvohlari uşbu lift oldinroq ham 3-qavatdan pastga “qulagani” va tormozi işlab, uşlab qolganini bildirişgan.