Xalqaro press-klubning 5 oktyabr kungi sonida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov Özbekistonda IT sohasi vakillari uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdi.
«AKT vazirligi tizimida ta’limga doir alohida bölinmalar tuzildi. Prezidentimiz kuçli kadrlardan iborat jamoa tuziş böyiça vazifa qöydi. Çunki agar kompleks yondaşilsa, normativ-huquqiy baza böyiça IT-kompaniyalar soliqlardan ozod böladi. Ular hozir eng zör şaroitda, işçilari ham kamroq soliq tölaydi. Infrastrukturani ham amallab qilyapmiz. Oldingisi bilan hozirgisi orasida ança farq bor.
Masalan, Samarqanddagi ŞHT sammiti ötganida jurnalistlarning özi ham e’tibor berdi. Oldin bunaqa tadbir ötganida umumiy 20 yoki 50 megabit internet bersak, biz uçun katta iş bölardi. Sammitda press-klubdagi bitta kompyuterga 1 gigabit internet berildi. Ya’ni umumiy tadbirga 50 emas, bir kompyuterga 1 gigabit! Infrastrukturaga şunça yil qilingan harakat endi natijalarini beradi.
Hazillaşib ham aytib qöyişimiz mumkin. Köpçilik «Ilon Maskning Starlink’ interneti qaçon bizga keladi?» deb söraydi. Undan 4-5 barobar tez va arzon bölgan internetni Uztelecom hozir istalgan xonadonga olib borib berişi mumkin. Starlink'ka oyiga 100-500 dollar tölaş kerak, bizga unaqa pul tölaş şartmas, arzonroq tölasa, uyiga bemalol olib borib beriladi. Şunaqa imkoniyatimiz bor», – deya AKT vaziri Şerzod Şermatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
XPKning uşbu sessiyasida qatnaşgan INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov keyinroq Starlink va Uztelecom kompaniyasi oylik internet paketlarining tezligi va narxlari soliştirilgan jadvalni e’lon qildi.

Muzaffar Jalolovga köra, Starlink'da WiFi qurilma narxi 600 dollar, Uztelecom'da esa bepul. Starlink 250 Mbit/s tezlikdan taklif qilayotgan internet paket narxi 110 dollar bölsa, 1000 Mbit/s tezlikdan taklif qilayotgan Uztelecom internet paketi narxi oyiga 999 ming söm.
Ma’lumot uçun, AQŞlik milliarder Ilon Mask asos solgan












