Unga köra, koronavirus infeksiyasining Rossiya hududida tarqalişi va karantin çoralari sabab bu davlatdagi özbekistonlik köplab migrantlar qiyin ahvolga tuşib qolmoqda. Şu bilan birga, migrantlarga kömak berayotgan fond, taşkilot va mustaqil guruhlar soni ham oşib bormoqda.

«Har bir taşkilotning özbek migrantlariga kömak beriş böyiça öz yönalişi bor. Masalan, kimdir bemorlarga yordam bersa, boşqasi yoş bolali oilalarga kömaklaşadi.

Rossiyada şunday saxovatpeşa vatandoşlar ham borki, ular 100-150 oila uçun moddiy yordam beriş taşabbusi bilan çiqişmoqda. Bu holatda muhtojlarni kerakli yordam taşkilotlariga yönaltiriş, muhtojlar röyxatini tuziş, ularni tekşiriş va umuman, yordam körsatiş işlarini tartibga soliş ehtiyoji tuğiladi.

Şularni hisobga olib, jamoamiz tomonidan muhtoj migrantlar uçun yordam oliş onlayn anketasi tuzib çiqildi. Biz kelgan sörovlarni tegişli fondlarga yuboriş va özimiz ham muhtojlarga imkon qadar yordam körsatişga harakat qilamiz», – dedi huquqşunos.

Şu tariqa, Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan özbekistonliklarda quyidagi sörovnomani töldiriş orqali ijtimoiy va moddiy kömak oliş imkoni tuğildi.

Ma'lumot uçun, Rossiyada bölib turgan özbekistonlik vatandoşlar quyidagi sörovnomani töldiriş orqali ijtimoiy va moddiy kömak olişlari mumkin.

Eslatib ötamiz, 14 maydan boşlab Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari ham xayriya mablağlari hisobidan vatandoşlarga bir martalik moddiy yordam körsata boşlagan edi.