Investitsion bloklarni özlaştirişga tizimli va professional yondaşuv, konlarni izlaş va mahsulot qazib olişning zamonaviy metodlarini qöllaş natijasida Epsilon kompaniyasi 2019 yil boşidan buyon qator aniq natijalarga erişib kelmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, şu yil 10 avgustida Muborak tumanidagi Bahoriston tuzilmasida oçilgan neft va gaz kondetsati Epsilon kompaniyasi olib borayotgan qidiruv-burğilaş işlarining dastlabki natijasi bölgandi. Bu quvonçli voqeadan köp ötmay, 18-19 avgust kunlari yana ikkita gaz kondensatli yangi konlar – Mirbarak va Ğarbiy Ernazar konlari aniqlandi.

Epsilon kompaniyasi 2019 yil boşidan Kultoq-Qamaşi, Surxon, Ustyurt, Muborak va Ğarbiy Farğona investitsiya bloklari hududlarida geologorazvedka va kon-qidiruv işlarini boşlab yuborgan edi. Mutaxassislarning fikriça, loyihalarni amalga oşiriş uçun töğri strategiya tanlab olingani qisqa vaqt içida aniq natijalarga erişiş imkonini bermoqda.

Kompaniya seysmik razvedka işlaridan taşqari, qisqa muddat mobaynida 20 ta burğilaş qurilmalarini örnatib, yangi quduqlardan 9tasida qidiruv, 6tasida ekspluatatsion burğilaş işlarini yölga qöyişga ulgurdi.

Bunday yondaşuv öz mevasini bermay qolmayapti. 2019 yil 18 avgust kuni Qaşqadaryo viloyatining Qultoq-Qamaşi investitsion blokida joylaşgan Mirbarak maydonidagi 1-sonli qidiruv quduğida olib borilgan aeratsiya va sinov işlaridan söng tabiiy gaz manbasi aniqlandi. Bu – yangi kon oçilganidan darak beradi. Kon Yura qatlami qavatlarida, 2953-2983 metr çuqurlikda aniqlandi.

Epsilon kompaniyasi mazkur quduqda burğilaş işlarini 2019 yil mart oyi oxirida boşlagan. Mirbarak maydoni qidiruv-qaziş işlariga tayyorlanişidan oldin kompaniya mutaxassislari ötkazilgan 3D seysmorazvedka materiallarini örganib çiqişgan.

Hozirda Epsilon kompaniyasi yangi aniqlangan konda burğilaş işlarini loyihada belgilangan 3300 metr çuqurlikkaça davom ettirmoqda, bu samarador qatlam diapazonini kengaytiriş imkonini beradi. Şuningdek, topilgan tabiiy gazni «Şörtanneftgaz»ning asosiy sanoat inşootlariga yetkaziş uçun 12,5 km uzunlikdagi gaz quvurini quriş işlari boşlab yuborilgan.