Özbekiston Mudofaa sanoati davlat qömitasi ayrim xabarlarda tarqalgan Özbekistonda Ukrainadagi qurolli mojarolarda qöllanilayotgan Eron jangovar uçuvçisiz uçiş apparatlari (dron)larni yiğilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Şu bilan birga, Mudofaa sanoati davlat qömitasi Özbekiston eronlik hamkorlar bilan birgalikda qurol-yaroğ va harbiy texnika işlab çiqarmagani va işlab çiqarmayotganini ham ta’kidlab ötdi.

Qömitaning ta’kidiça, tasdiqlanmagan axborotning e’lon qilinişi jamoatçilikni notöğri ma’lumotlarga olib keladi va Özbekistonning xorijiy hamkorlar bilan döstona munosabatlariga ma’lum darajada zarar yetkazişi mumkin.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi ham bunday xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

Unda ukrainalik jurnalist va bloger Dmitro Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan intervyusida Eron dronlari Özbekiston hududida yiğilayotgani töğrisida aytilgan ma’lumot yolğonligi aytilgan.

«Şuni alohida ma’lum qilamizki, Özbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va öz hududida Eron harbiy texnikasini yiğmaydi.

Şu bilan birga, hozirgi vaqtgaça Ukraina tomonidan ham, boşqa xorijiy hamkorlardan ham «Eron dronlarini yiğiş» masalasi böyiça rasmiy murojaatlar kelib tuşmagan.

Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida Özbekiston töğrisida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazişi mumkin bölgan bunday asossiz ayblovlar va boşqa işonçsiz ma’lumotlar tarqatilişining oldini oliş böyiça tegişli çoralar körişni sörab murojaat qiladi», deyiladi bayonotda.

Bundan oldin Isroilda yaşovçi sobiq rossiyalik milliarder Leonid Nevzlin ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon bilan suhbatda Özbekistondagi zavodda Eron bilan hamkorlikda harbiy dronlar yiğilayotganini iddao qilgandi. 

«Eron harbiy dronlari Rossiyaga yetkazib berilişidan oldin Iroq va Özbekistondagi harbiy zavodlarda yiğiladi. Hozir yer-yer tipidagi raketalarni ham yetkazib berişga urinmoqda yoki allaqaçon yetkazib berilmoqda. Bu endi alohida yangilik. Yaqinda Eron armiyasining ikki harbiysi – polkovnik va general öldirildi. Ular Eronda dronlarni işlab çiqarişga mas’ullardan bölgani aytilmoqda. Bunaqa narsalar tasodifan bölmaydi», degan Nevzlin intervyuda.

Avvalroq Tojikiston Qirğiziston bilan qarama-qarşilik kuçayişi ortidan Eron dronlarini işlab çiqarişni yölga qöyayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.