12 may kuni Samarqand viloyati Past Darğom tumani Döstlik mahallasi hududidan oqib ötuvçi anhordan 17 yoş qizning jasadi topilgan. Qiz Past Darğom tuman Çandir qişloğida yaşovçi, şu tumandagi 45-maktabning 10-sinf öquvçisi bölgan.
Marhumaning yaqinlari Kun.uz bilan boğlanib, farzandi qotillik qurboni bölganini bildirdi. Qizning otasi Rahmatulla Suyarov voqea yuzasidan quyidagilarni sözlab berdi.
«11 may kuni qizim oilaviy röza tutişimiz uçun saharlik tayyorlaşga uyğonib, birozdan söng yöqolib qoldi. Biz buni payqaganimizda soat beş bölib qolgan edi. Tezda izlaşni boşladik. IIB va qarindoşlarga xabar berdik. Köp ötmay qişloğimizdagi anhor yaqinidan uning qöl telefoni va oyoq kiyimi topildi.
12 may kuni ertalab tonggi soat 5 lar atrofida qizimning jasadini anhordan közi boğlangan holda topdik. Topilgan vaqtda uning yuzida jarohatlar, burni ustida tirnoq izlari bor edi.

Biz özimiz körgan jarohatlar, keyinroq topilgan guvohning sözlaridan kelib çiqib, qizimizni tört nafar odam avval nomusiga tegib, keyin öldirgan degan gumondamiz», – deydi marhumaning otasi.
Marhumaning yaqinlariga köra, qiz yöqolgan kuni tong saharda uning qölida bölgan telefonga begona raqamdan javobsiz qönğiroq bölgan.
«Raqam egasini topdik. Şu qişloqda yaşovçi yigit H.O. ekan. U nima sababdan qönğiroq qilganini aytib berdi. Unga köra, H.O. 11 may kuni tong saharda tört nafar bolaning qizimizni quvayotganini körgan. Ularni insofga çaqirgan, keyinroq ulardan ikki nafari H.O.ning qölidagi telefondan qizga qönğiroq qilgan», – deydi qizning yaqinlari.
Samarqand viloyat prokuraturasining huquqiy axborot va jamoatçilik bilan aloqalar bölimi mas'ul xodimiga köra, dastlabki ma'lumotlarga asosan mazkur holatda qotillik sodir bölmagani va qiz öz joniga qasd qilgan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Prokuratura mas'ul xodimiga köra, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan bölib, uning natijasi köp savollarga oydinlik kiritadi. Ta'kidlanişiça, tez orada voqea yuzasidan rasmiy ma'lumot beriladi.












