Xalq ta’limi vazirligi hamda tegişli mutassaddilarga öqituvçilar zimmasiga yuklatilgan barça ortiqça vazifalarni inventarizatsiya qiliş hamda ularni taqiqlaş yuzasidan administratsiya tomonidan tegişli körsatma berildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov telegram-kanalida xabar berdi.
Bundan oldinroq bloger Nikita Makarenko öqituvçilarga tayanib şu boradagi muammolarni yoritgandi.
«Bu işlarning barçasi maktab direktorlari va tuman xalq ta’limi bölimlarining sirtdan berilgan buyruqlari asosida sodir bölyapti. Bu holatda Xalq ta’limi vazirligi befarq. Ehtimol vazirlik muammodan xabardor va ommaviy bayonotlarga qaramasdan, zamonaviy qullikning uşbu şakliga samarali barham beriş qölidan kelmaydi», deb yozgan u.
Bloger muammo tizimli ekanini qayd etib, butun mamlakat böylab barça maktablarning öqituvçilari qullik va haq tölanmaydigan mehnatga keng jalb etilayotganini ta’kidlab ötgan.
«Bu holat Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan PQ–3907-sonli qarorida öqituvçilarni bunday işlarga jalb qiliş töğridan töğri taqiqlanganiga qaramay sodir bölmoqda. Töplangan dalillar Prezident qarori amalga oşirilmayotgani, mas’ul idoralar tomonidan öqituvçilar örtasida ommaviy qullikka qarşi samarali kuraş olib borilmayotganini körsatiş imkonini beradi», deb yozadi Makarenko.
Öqituvçilarni vazifasidan taşqaridagi yumuşlarga noqonuniy majburlaş borasida Saida Mirziyoyeva ham öz munosabatini bildirib ötdi:
«Öqituvçilarni xuddi yigirma yil oldingi kabi yana xonadonlarni aylanib çiqişga va öquvçilar röyxatini tuzişga majbur qilişayotgani haqida eşitib, juda xafa böldim.
Men öqituvçilarga bölgan munosabatni qayta körib çiqiş öta zarur deb hisoblayman va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklaşni bas qilişlarini sörab qolaman.
Öqituvçilarning asosiy vazifasi — farzandlarimizga bilim beriş orqali mamlakatimiz kelajagini ta’minlaşdir.
Buning özi juda murakkab vazifa. Ta’lim yönalişida şundoq ham muammolar ğij-ğij bölib turganida, ustiga-ustak öqituvçilar gardaniga yana qandaydir qöşimça vazifalar yuklaş — bu endi ortiqça.

















