Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nyu-York şahriga taşrif dasturiga muvofiq 19 sentabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qöşma Ştatlari yetakçilarining «C5+1» formatidagi birinçi sammitida iştirok etdi.
Tadbirda AQŞ prezidenti Jozef Bayden, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnaşdi.

Uçraşuv kun tartibiga muvofiq, savdo-iqtisodiy şeriklikni kengaytiriş istiqbollari, «yaşil» taraqqiyot, energetika xavfsizligini ta’minlaş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy qiliş, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va transçegaraviy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Sammitda sakkiz yil muqaddam Samarqand şahrida taşkil etilgan «S5+1» formati Markaziy Osiyo davlatlari va AQŞ örtasidagi oçiq va konstruktiv muloqot, barça sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydonga aylangani ta’kidlandi.

Özbekiston rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida döstlik, özaro anglaşuv va şeriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotgani, bu keng hamkorlik uçun yangi va noyob imkoniyatlar yaratayotganini yuksak baholadi.
Savdo-investitsiyaviy faoliyatni kuçaytiriş, loyihaviy hamkorlikni yölga qöyiş, mintaqada transport yölaklarini rivojlantiriş, «yaşil» kun tartibini ilgari suriş, inson huquqlari va gender tenglikni ta’minlaş, ta’lim dasturlarini kengaytiriş, Afğonistondagi vaziyatning tinç yöl bilan hal etilişiga kömaklaşiş kabi butun mintaqa rivoji uçun strategik ahamiyatga ega ustuvor yönalişlar körsatib ötildi.
Uçraşuv yakunida mintaqa mamlakatlari va AQŞ örtasidagi özaro anglaşuvni yanada çuqurlaştiriş va amaliy şeriklikni kengaytiriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.

















