Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda sel kelishi tufayli 700ga yaqin xonadon zarar ko‘rdi, ikki bola vafot etdi
Joriy yilning 6 may kunidan 7 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:00lardan 03:30larga qadar Andijon viloyati, Xonobod shahrining “Teyit” va “Xidirsha” MFYlarida kuchli sel kelgan.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli 700ga yaqin xonadonlar zararlangan.

Ma'lum qilinishicha, yog‘ingarchilik sababli Qirg‘iz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar farzandi, voyaga yetmagan, 2013 va 2018 yilda tug‘ilgan bolalar selda oqib ketishi sababli vafot etgan.

Hozirda tabiiy ofatni bartaraf etish uchun Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan zarur kuch va vositalar hamda maxsus texnikalar jalb etilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Namangan viloyatida sel yo‘llarga zarar yetkazgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:45 / 12.06.2026
O‘zgidromet aholini sel va suv toshqinlaridan ogohlantirdi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026