Kun.uz bilan suhbatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining departmenti boşliği Abduvali Xoliqov OTM boşqaruvida rektorlarni saylaş sohadagi muammolarga yeçim bölmasligini ta’kidladi.

“Buning şaklini özgartiriş oson. Lekin qanday böladi, qay tartibda taşkil etiladi yoki saylangan rektorga qanday imkoniyatlar beriladi? Mana şunday savollar tuğiladi. Bu jarayonda rektorning vakolatlari, kafolatlari qöyilişi kerak. Bugungi oliy ta’lim tizimida rahbarlarni belgilangan tartibda rektor lavozimiga qöyişda, albatta, oldingi mehnat faoliyati, qanday işlagan, qanday natijalar bergan – mana şularga qarab rektorlik lavozimiga tayinlanadi. Bu jarayonlar 3-4 yil oldingiga nisbatan ança yengillaşgan. 

Masalan, oldin dekanlarni Oliy va örta maxsus ta’limi vazirligi suhbatdan ötkazib tayinlardi. Hozir esa dekanlar OTM tomonidan tayinlanyapti. Prorektorlar hukumat darajasida lavozimga qöyilardi. Bu tartib bugungi kunga kelib tegişli vazirlik va idoralarga berilgan. Jumladan, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi OTM şu vazirlik tomonidan, ya’ni taşkilotlarning tasarrufiga qarab prorektorlar tayinlanyapti. 

Bugungi kunda oliy ta’limdagi mavjud holat va kelajakda rivojlantirişga qaratilgan işlarga qaraydigan bölsak, amaldagi tartib töğri. Saylovga ötkazişdan osoni yöq, bu – şakl. Lekin u nima beradi degan savol tuğiladi-da. Endi mavjud holatdan kelib çiqib, buni oçiqçasiga aytiş kerak. Mutaxassis sifatidagi şaxsiy fikrim — rektorlarni saylaşga tayyormasmiz”, – deydi Xoliqov.  

Şuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining boşqarma boşliği Şerzod Ne’matov esa ilgari rektorlarni saylaş tizimi yölga qöyilgani, ammo samara bermagani haqida gapirdi. 

“Yaqin tarixda OTM rektorlarini saylaş amaliyoti bölgan. Ammo bu tajriba bitta yomon salbiy oqibatga olib kelgan. Tabiiyki, bunda 2-3 nafar nomzod haqida gap ketadi. Mana şunda jamoada guruhbozlik, nosoğlom muhit paydo böladi. Jamoa örtasida bölinişlar yuzaga keladi”, – dedi Ne’matov.

Töliq videoni şu yerda körişingiz mumkin.