Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Qoraqalpoğiston voqealari yuzasidan OAVda tarqalayotgan asossiz ma’lumotlar yuzasidan bayonot berdi.
Alohida ommaviy axborot vositalari va huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar nomi tilga olinmayotgan manbalarga asoslanib Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida sodir bölgan voqealar haqida turli xil taxminlar va işonçsiz ma’lumotlarni börttirib körsatmoqda.
«Tinç mitingni tarqatiş» uçun kuçlardan noqonuniy foydalanganlik, jumladan, favqulodda holat e’lon qiliş yöli bilan «mustaqil ovozlarni böğiş va axborotni çeklaş» haqida asossiz bayonotlar yangramoqda.
Şu sababdan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Qoraqalpoğistonda röy bergan voqealar yuzasidan oydinlik kiritiş, atrofliça va xolis axborot taqdim etişni istaydi.
2022 yilning 1–2 iyul kunlari Nukus şahrida Özbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilişga uriniş sodir böldi. Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça omma e’tiboriga havola etilgan takliflarga norozilik bildiriş bahonasida ğaraz niyatdagi şaxslar tomonidan zöravonlik aksiyalari, töqnaşuvlar va davlat hokimiyati organlari binosini egallaşga urinişlar taşkillaştirilgan.
Bu qonunga zid harakatlar separatizmni alangalatiş, tinç, birdam va demokratik mamlakatni bölib taşlaş va beqarorlikka giriftor qilişga yönaltirilgan, avvaldan rejalaştirilgan yaqqol qöporuvçilik belgilariga ega edi.
Populistik şiorlarni qalqon qilib, mobil aloqa va internet orqali feyk axborotlarni tarqatib duşmanona kayfiyatdagi kuçlar fuqarolarni ommaviy ravişda aksilkonstititsion faoliyatga jalb qilişga urinib körişdi. Bu internet aloqasini vaqtinçalik çeklaş böyiça çoralarni qöllaşga majbur qildi.
Ommaviy tartibsizlik va buzğunçilik davomida Jöqorği Kenges — parlament binosi, Nukus şahri IIB va Milliy gvardiya boşqarmasi binolarini şturm qiliş, öqotar qurollarni egallaş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini garovga olişga bir neça bor urinişlar bölgan, turli joylarda öt qöyiş, davlat, jamoat va xususiy mulklarni buziş va yöq qiliş amalga oşirilgan, şahar infratuzilmasiga katta ziyon yetkazilgan.
Bundan taşqari, hujumlar natijasida huquq-tartibot organlarining 107 nafar xodimiga jiddiy tan jarohatlari yetkazilgan, ularning 23 nafari oğir ahvoldaligiça qolmoqda. Umumiy hisobda davlat organlarining 270 nafar xodimlari turli darajadagi tan jarohatlarini olişgan.
Tartibsizliklarda iştirok etganlarning şafqatsizligi insonlar ongini manipulyatsiya qilgan bir guruh şaxslarning provokatsion harakatlari natijasida yuzaga çiqqan va fuqarolarning tinç namoyişi deb atalişi mumkin emas.













