Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov imzosi bilan oliy ta’lim muassasalari rektorlariga 2024 yil 19 iyun kuni jo‘natilgan xat tarqaldi.
Unda talabalarga to‘lanadigan mukofot va rag‘bat mablag‘laridan daromad solig‘i olinishi kerakligi ko‘rsatilgan. Vazirlik rektorlardan to‘lanishi kerak bo‘lgan daromad solig‘i mablag‘larini budjetga o‘tkazishni va to‘langani haqidagi ma’lumotni 21 iyun soat 11:00 gacha topshirishni so‘ragan.

Xatga Soliq qo‘mitasining 2024 yil 6 iyundagi xati asos qilib keltirilgan. Qo‘mitaning bu xatida yozilishicha, Hisob palatasi o‘z o‘rganishlarida OTFIV va vazirlik tashkilotlarida soliq qonunchiligi bo‘yicha kamchiliklarni aniqlagan va bu haqda Soliq qo‘mitasiga 21 may kuni xat yo‘llagan.
Qo‘mita shu asosga ko‘ra OTFIV tizimidagi tashkilotlardan aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalar taqdim etishni so‘ragan. Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilmasa, belgilangan tartibda soliq tekshiruvi o‘tkazilishi ta’kidlangan.
Soliq qo‘mitasining xatida talabalarning rag‘bat pullaridan soliq olib qolinishi haqida hech qanday jumla yo‘q. Xo‘sh, qaysi qonunchilikka ko‘ra rag‘bat pullari soliqqa tortilmoqda?

Kun.uz'dagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim oliygoh rektorlarini shu paytgacha to‘langan rag‘bat pullaridan daromad solig‘i to‘lashga majburlash boshlangan. Vaholanki, amaldagi soliq qonunchiligida bunday norma yo‘q.
Shu o‘rinda bir qo‘shimcha: 2024 yilning yanvar oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari olayotgan rag‘batlantirish pullaridan daromad solig‘i olib qolinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan keyin Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shuxrat Ismoilov talabalarga rag‘batlantirish uchun to‘langan pullar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmasligini ma’lum qilgandi.
Uning ta’kidlashicha, Soliq







