O‘zbekiston | 01:36 / 16.07.2020
68942
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi Yaponiyada ishlab chiqarilgan dori vositalari olib kelindi – Alisher Shodmonov

O‘zbekistonga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan «Avigan» (favipiravir) dori vositasi keltirildi. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

Shodmonovning bildirishicha, har bitta tez yordam stansiyasida qo‘shimcha tez yordam brigadalari, poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil etiladi hamda uyida davolanayotgan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

«Shifoxonada va uyida davolanayotgan barcha bemorlar uchun oliy ta'lim muaasasalari va respublika markazlaridagi yetakchi olim va mutaxassislarni biriktirish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, aholi orasida sarosimani kamaytirish nuqtayi nazaridan koll-markazlar soni hamda ularda ishlaydigan xodimlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kuni kecha mamlakatimizga 200 ming qadoq Yaponiyada ishlab chiqarilgan, eng samarali dorilardan biri bo‘lgan «Avigan» dorisi keltirildi. Shifoxonalardagi bemorlarimiz uchun yetarli miqdorda dorilar mavjud.

Bundan tashqari, prezidentimiz tomonidan har bir viloyat, har bir tumanda dori-darmon zaxiralarini yaratish topshirig‘i berildi», dedi Alisher Shodmonov 15 iyuldagi prezident videoselektoridan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘ilishda vazir Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan birgalikda koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan oldi.

Mavzuga oid