1 iyuldan sirtqi ta'limga qabul boshlandi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda bugun, 1 iyuldan sirtqi ta'limga hujjatlar qabuli boshlandi. Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan qo‘shimchalar bilan sirtqi ta'limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, harbiy tavsiyanoma uchun 5 foizli kvota belgilangan. Sirtqiga topshirish uchun ish staji shart emas. Xoh maktabni, xoh kollej-litseyni tugatiboq, sirtqi yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin. Ko‘pchilik buni maxsus sirtqi bilan adashtirmoqda.
Sirtqiga hujjat topshirish uchun ish joyidan tavsiyanoma ham shart emas. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi (agar imtiyoz bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat). Kirish imtihonlari har yili 16 avgustdan 25 avgustgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Imtihonlari kamida 3 ta fandan muayyan ta'lim yo‘nalishida o‘qitish tilida o‘tkaziladi. Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Qaysi OTMda test bo‘ladi, qaysi birida ijodiy imtihon bo‘ladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi.
Test sinovi DTM tomonidan katta pavilonlarda o‘tkaziladi, kasbiy (ijodiy) va yozma imtihonlar esa OTMning o‘zida bo‘ladi. Sirtqi ta'lim shakliga ham barcha imtiyozlar o‘tadi (harbiy tavsiyanoma olganlarga, nogironligi bo‘lganlarga, harbiylarning farzandlariga ajratiladigan alohida kvotalar, chet tili sertifikatlari va h.k.).
Sirtqi ta'limda ham uchta yo‘nalishni tanlasa bo‘ladi, faqat uchala yo‘nalish ham sirtqi bo‘lishi shart. Kirish imtihonlari topshiriqlari umumiy o‘rta (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi fanlarining o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi. Sport fanlari bo‘yicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi bo‘yicha) belgilangan me'yoriy talablarga muvofiq tuziladi (masalan, 18 yoshli abituriyentning normativ talabi bilan 40 yoshli abituriyentga qo‘yilgan talab farq qiladi).
29 avgustga qadar imtihon natijalari e'lon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish to‘g‘risida OTM rektorining buyrug‘i chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:56 / 01.07.2024