Bugun, 21 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Senatdagi çiqişi vaqtida «Lukoyl» kompaniyasidan 600 mln dollar miqdoridagi qarzdorlik haqida gapirdi.

Prezident mas'ullar mahsulotni bölib oliş töğrisidagi bitim imzolaş oldidan milliy manfaatlarni hisobga olişi kerakligi, lekin bu holatda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini aytib, bu borada savol bilan yuzlangan.

«Lukoyl» kompaniyasi Özbekistonda gaz qazib olmoqda. Biz ulardan ming kubini 146 dollardan xarid qilib, aholiga 46 dollardan sotyapmiz. Oradagi farq evaziga kompaniyadan qarz bölyapmiz. Har ming kubometrdagi 100 dollarlik farq 600 mln dollarlik qarzni paydo qilgan. Bu raqam kun sayin ortib boryapti. Balki, bu kompaniya bilan işlayotganimiz, notöğridir. Nima uçun şartnoma tuzilganda milliy manfaatlar inobatga olinmagan?», - deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Reuters agentligi şu yilning mart oyida Özbekiston «Lukoyl»dan 2018 yilda gaz yetkazib bergani uçun 600 million dollarga yaqin qarz bölib qolgani haqida xabar bergan edi.

Bu xabar ortidan, aprel oyi boşida Baxtiyor Anorqulov «Öztransgaz» kompaniyasi raisining moliya böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi lavozimidan ozod etildi.

«Lukoyl»ning qazib oliş böyiça katta vitse-prezidenti Azat Şamsuarov qarzdorlik mahsulotni bölişib oliş töğrisidagi kelişuvda qazib olingan gaz töliq eksport qilinişi közda tutilgan bölsa ham, Özbekiston qazib olingan gazning bir qismini içki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma'lum qilgandi.

«Özbekneftgaz» öşa vaqtda heç qanday izoh bermagan edi.

May oyi boşida Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari, «Özatom» agentligi boşliği Jörabek Mirzamahmudov «Özbekneftegaz»ning «Lukoyl»dan qarzdorligi böyiça izoh bergandi.

«Bu ikki kompaniyaning özaro munosabati va bu munosabatlar özaro bir-birini tuşuniş asosida muvaffaqiyatli keçmoqda. Iste'mol ösişi munosabati bilan gaz olingan. Ammo vaziyat nazorat ostida. Tomonlarning kelişuviga muvofiq munosabatlar tartibga solinmoqda. Qarz bilan boğliq muammo yöq», – degandi Mirzamahmudov.