Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchidagi maktab binosida ziyofat uyushtirgan direktor ishdan bo‘shadi
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan umumta'lim maktablarining birida ziyofat uyushtirib, spirtli ichimlik iste'mol qilgan direktor va uning o‘rinbosarlari ishdan bo‘shagan. Bu haqda Chiroqchi tumani xalq ta'limi bo‘limi xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, 19 mart kuni Chiroqchi tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 19-sonli umumta'lim maktabi direktori P.A. boshchiligida maktab jamoasi Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida o‘qituvchilarning roziligi bilan 50 ming so‘mdan pul yig‘gan. So‘ng maktabning o‘zida ziyofat uyushtirgan.
Qayd etilishicha, Navro‘z bayrami munosabati bilan maktabda tashkil etilgan ziyofat dasturxonida spirtli ichimliklar ham iste'mol qilingan.
20 mart kuni Chiroqchi tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri boshchiligidagi ishchi guruh a'zolari sodir bo‘lgan holatga oydinlik kiritish maqsadida maktabga borgan. Surishtiruvda 19 mart kuni sodir bo‘lgan voqea tasdiqlangan. Shundan so‘ng direktor va uning o‘rinbosarlari o‘z xohishlariga ko‘ra, egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishni so‘rab ariza yozgan.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026