Mulk ikki turga bölinadi: xususiy va... xususiymas.
Xususiy degani bu «kimnikidir» degani. Ya’ni mulkning tayinli egasi bor degani. Aynan şunday – egalik mulk ehtiyot qilingan, yuvib-taralgan, yaxşi körilgan mulkdir.
Agar uni biz yoş bolaga qiyoslaydigan bölsak, u ota-onasining e’tiborida bölgan, mehr ostida parvarişlanadigan, unib ösadigan bolaga öyşaydi.
Demak, xususiy mulk – u xoh maşina bölsin, bino yoki butunboşli fabrika – egalik bölgani uçun yuqori ehtimol ila xor bölmaydi va egasiga foyda keltiradi.
Egasiga foyda keltirdimi, demak... jamiyatga ham foyda keltiradi.
Zero egasi bunday mulkni nafaqat avaylaydi, balki uning köpayişi uçun ham urinadi.
Bu esa umummillat mulki köpayadi degani.
Egasiz mulkni ham yoş bolaga qiyoslaydigan bölsak, unda bunday mulk e’tiborsiz qolgan, mehr körmayotgan yetim bolaga öxşaydi.
Demak, tayinli egasi bölmagan mulk – u xoh maşina bölsin, bino yoki butunboşli fabrika – bu köpinça qarovsiz qolgan, ösmaydigan mulk.
Zero uni köpaytiriş uçun köpinça heç kim jon kuydirmaydi-da.
Mulkning ustidan tajribalar ham ötkazişgan. Ba’zilar mulklarni egalaridan tortib olib, ommaviy mulkka aylantirişgan, «xususiy mulkni bekor qilamiz» degan şior bilan çiqişgan.
Bu tajriba natijasi şunday böldiki, mulkning tayinli egasi mavjud bölmay qoldi va bir payt kelib hamma joyda mulklar xor bölib qoldi, mulk asrab avaylanmaydigan, parvarişlanmaydigan bölib qoldi. Işlar izidan çiqdi.
Demak, har bir mulkning tayinli egasi bölsagina u nafaqat avaylanadi, balki – köpayadi.
Şuning uçun jamiyatda mulkdorlar qança köp bölsa, hamda ular mulklarini köpaytirişlari uçun şaroit qança yaxşi bölsa, şunça yaxşi.
Ming emas, millionlab odamlar qölidagi mulkini köpaytiriş bilan maşğul bölişini tasavvur eting!
Bu degani –











